Markaz
Markazning matbuot xizmati ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik va axborot tarqatish bilan shug'ullanadi.

Qashqadaryo viloyati pedagogik mahorat markazi Matbuot kotibi. 1996-yilda Qarshi Davlat universitetining filologiya fakultetini tamomlagan. Mehnat faoliyatini 1996-yilda viloyat Matbuot va axborot boshqarmasi huzuridagi "Nasaf" nashriyotida boshlagan. Nashriyotda kotiba, kompyuter operatori, muharrir vazifalarida ishlagan. 1999-2005-yillarda Qashqadaryo viloyat teleradiokompaniyasi va Xalq demokratik partiyasi nashri - "Efirda Qashqadaryo" gazetasida musahhih, muxbir; 2005-2013-yillarda viloyat Davlat mulki boshqarmasi nashri - "Mulkdor va davr" gazetasida avval muxbir, so'ngra Bosh muharrir vazifalarida faoliyat yuritgan. Ushbu yillarda o'rindoshlik vazifalarida teleradiokompaniyasi qoshidagi "Oltin voha" radiosi Axborot bo'limida suxandon, muharrir, "Barkamol avlod" gazetasida muxbir bo'lib ishlagan. 2008-yilda Qarshi shahrida "Otash hamkor noshir" mas'uliyati cheklangan jamiyati tashkil etib, uning tarkibiy qismi sifatida "Futbol favorit" gazetasi faoliyatini yo'lga qo'ygan. 2008-2019-yillar mobaynida jamiyat raisi hamda "Futbol favorit" gazetasida mas'ul kotib sifatida faoliyat yuritgan. 2019-2024-yillarda Qarshi tumani MMTB ga qarashli 47-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabida ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi bo'lib ishlagan. 2024-yildan hozirga qadar Pedagogik mahorat markazida Matbuot kotibi lavozimida ishlaydi. She'rlari, badiiy, publitsistik maqolalari, tarjimalari viloyat va respublika miqyosidagi turli nashrlarda chop etilgan.