Markaz rahbari
Jabborov Farhod Bo'riyevich
Markaz direktori
Telefon+99891 466 77 78
Elektron pochtajobborov9292@mail.ru
Qabul kunlariSeshanba, Chorshanba
Qabul vaqti10:00 – 12:00
21.09.2026 dan hozirgacha Qashqadaryo viloyati Pedagogik mahorat markazida direktori lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.
-
Ilg'or pedagogik tajribalarni joriy etish, raqamli ta'lim tizimini rivojlantirish va xalqaro hamkorlik aloqalarini yo'lga qo'yish bo'yicha faol ish olib boradi.
-
Viloyatdagi pedagog kadrlar malakasini oshirish tizimini modernizatsiya qilish.
-
Xalqaro grant loyihalari va ta'lim dasturlarini muvofiqlashtirish.
- Hududiy markaz faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi, “Ta’lim to‘g‘risida”gi, “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi, “Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi va boshqa qonunlar hamda normativ-huquqiy hujjatlar, shuningdek hududiy markaz Nizomi talablariga rioya qilish.
- Hududiy markaz nomidan xo‘jalik shartnomalarini tuzish, xorijiy va mahalliy tashkilotlarda Hududiy markaz manfaatlarini ifoda etish, o‘z faoliyati to‘g‘risida Vazirlikka hisobotlar taqdim etish.
- Qonunchilikka muvofiq o‘z vakolatlari doirasida hududiy markazning moliyaviy mablag‘larini tasarruf etish.
- Hududiy markazga ajratilgan byudjet mablag‘larining smetada belgilangan xarajatlar yo‘nalishlari bo‘yicha byudjetdan tashqari mablag‘larni ishlatilishini ta’minlash.
- G‘aznachilik bo‘linmalarida hududiy markazning hisob-raqamlarini va boshqa bank hisob-raqamlarini ochish.
- O‘z vakolatlari doirasida buyruqlar chiqarish va ishonchnomalar berish.
- Hududiy markaz xodimlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish.
- Direktor o‘rinbosarlari va boshqa mansabdor shaxslarning vakolatlarini belgilash, ular o‘rtasida majburiyatlarni taqsimlash, tarkibiy bo‘limlar va kafedralarga rahbarlik qilish borasida shaxsiy javobgarlik darajasini belgilash.
- Jamoada sog‘lom ma’naviy va ijodiy muhitni shakllantirish chora-tadbirlarini ko‘rish.
- Hududiy markaz direktoriga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa vazifalar ham yuklatilishi mumkin.