
20-noyabr — Butunjahon bolalar kuni…
🏛 20-noyabr — Butunjahon bolalar kuni munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida BMTning «Bola huquqlari to‘g‘risida»gi konvensiyasiga bag‘ishlangan «Bizning huquqimiz, bizning ovozimiz» mavzusida respublika yoshlari ishtirokida Ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.
📊 Tadbirda Senat Raisi, Bolalar ombudsmani, Yoshlar parlamenti raisi, YUNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri, Yoshlar ishlari agentligi rahbariyati, 200 nafar ekofaol va 400 dan ortiq onlayn ulangan qatnashchilar ishtirok etdi.
Yoshlar o‘zlarining dadil tashabbuslarini taqdim etdi, shuningdek, bolalarning sog‘lom atrof-muhitga bo‘lgan huquqlarini ta’minlashda yoshlar ishtirokini yanada kengaytirish borasidagi o‘z takliflarini ma’lum qildilar.
«Ochiq muloqot» Butunjahon bolalar kuniga bag‘ishlangan milliy kampaniyaning muhim qismiga aylandi.
Har bir bolaning ovozi tinglansin!
📸 Ochiq muloqot foto lavhalar
×❮❯