Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Olimlar ko'chasi, 2-uy 9 Oktabr, 2026
Ta'lim yangiliklari

Erasmus Mundus dasturining o‘zbekistonlik g‘oliblari aniqlandi

13 Iyun, 2025 15 marta o'qildi

Joriy yilda 11 nafar o‘zbekistonlik iqtidorli talaba Erasmus Mundus qo‘shma magistrlik dasturi stipendiyasini qo‘lga kiritdi. Bu haqda Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

YeIning O‘zbekistondagi elchisi Sharlotta Adrian Erasmus Mundus granti sohiblari bilan uchrashgan.

G‘oliblar (8 qiz va 3 yigit) Belgiya, Buyuk Britaniya, Daniya, Ispaniya, Fransiya, Finlyandiya kabi davlatlarning nufuzli universitetlarida ta’lim olish imkonini qo‘lga kiritdi.

Erasmus Mundus – iqtidor egalarining ta’lim, kasbiy va shaxsiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan YeI dasturidir. Qo‘shma magistrlik tahsili doirasida o‘quv dasturi, sayohat xarajatlari, sug‘urta, vizani qo‘llab-quvvatlash, oylik stipendiya va boshqalarni o‘z ichiga olgan grant taqdim etiladi.

Yevropa universitetlari konsorsiumi tomonidan ishlab chiqilgan noyob magistrlik kurslari doirasida talabalar bilim olibgina qolmay, mezbon davlatlar bilan tanishib, yangi madaniyatlarni ham kashf etadilar.

2014–2020 yillarda ta’lim dasturi budjeti 14,7 milliard yevroni tashkil etgan bo‘lsa, 2021–2027 yillarda ushbu maqsadda 26,2 milliard yevro sarflanishi ko‘zda tutilgan.

2021–2027 yillarga mo‘ljallangan dasturda yashil va raqamli jamiyat, yoshlarning demokratik hayotdagi ishtirokini rag‘batlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2022 yilda O‘zbekistondan 14 nafar iqtidorli talaba Erasmus Mundus dasturi g‘olibi bo‘lgan. O‘tgan yilgi tanlovda mamlakatimiz yoshlari orasida matematika, xalqaro huquq, kimyo, tibbiyot, siyosat, atrof-muhitni muhofaza qilish kabi yo‘nalishlarga qiziqishkatta bo‘ldi.

Qisqacha: Joriy yilda 11 nafar o‘zbekistonlik iqtidorli talaba Erasmus Mundus qo‘shma magistrlik dasturi stipendiyasini qo‘lga kiritdi. Bu haqda Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi. YeIning O‘zbekistondagi elchisi Sharlotta Adrian Erasmus Mundus granti sohiblari bilan uchrashgan. G‘oliblar (8 qiz va 3 yigit) Belgiya, Buyuk Britaniya, Daniya, Ispaniya, Fransiya, Finlyandiya kabi davlatlarning nufuzli universitetlarida ta’lim olish imkonini qo‘lga kiritdi. Erasmus Mundus – iqtidor ...
← Barcha yangiliklar
Shuningdek

O'xshash yangiliklar

TA’LIM MUASSASALARI O’RTASIDA HAMKORLIK MEMORANDUMI IMZOLANDI Ta'lim yangiliklari
2 Dekabr, 2025

TA’LIM MUASSASALARI O’RTASIDA HAMKORLIK MEMORANDUMI IMZOLANDI

Batafsil →
Uzbekistan Mobility Programme (18-24 OCT) Ta'lim yangiliklari
24 Oktabr, 2025

Uzbekistan Mobility Programme (18-24 OCT)

Batafsil →
1 sentyabrdan boshlab barcha maktablarda biometrik kuzatuv tizimi joriy etiladi Ta'lim yangiliklari
24 Iyun, 2025

1 sentyabrdan boshlab barcha maktablarda biometrik kuzatuv tizimi joriy etiladi

Batafsil →
STOP KORRUPSIYA