
Xalqaro oila kuni munosabati bilan tashkil etilgan davra suhbati
Xalqaro Oila kuni munosabati bilan davra suhbati
Pedagogika, psixologiya va ta’lim menejmenti kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan xalqaro “Oila kuni” munosabati bilan davra suhbati tashkil etildi.
Oilani muqaddas sanash, unga chuqur ehtirom bilan qarash o‘zbek xalqining asrlar mobaynida qadrlanib kelayotgan azaliy ulug’ qadriyati sanaladi. Oilada odob-axloq, intizom va totuvlik bor ekan, jamiyat tinch, hamjihatlik barqarordir. Tartib va intizom maktabi bo‘lmish o‘zbek oilasi ma’naviy-axloqiy muhitning shakllanishida muhim maskan.
🔹 15-may — Xalqaro oila kuni munosabati bilan tashkil etilgan davra suhbati ayni shu masalalarga bag‘ishlandi.
🔹 Tadbirda “Adolat” SDP Qashqadaryo viloyat Kengashi mutaxassislari D. Choriyeva va G. Rajabovalar oilaning huquqiy asoslari, shaxslararo munosabat mavzularida fikr-mulohazalarini bildirdilar.
🔹 Kafedra katta o‘qituvchilari D. Yavkochdiyeva va D. Bekmuradovalar tomonidan yoshlarda oilaga ehtiromni kuchaytirishning pedagogik-psixologik asoslari yoritib berildi.